Maqsadli va maqsadsiz qabulning farqi nimada? Qay birini tanlagan ma’qul?

Maqsadli qabul nima?

 

Talab yuqori bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari uchun oliy maʼlumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi parametrlari asosida viloyat (shahar, tuman) kesimida maqsadli qabul amalga oshiriladi.

 

 

Maqsadli qabul asosida o‘qishga kirgan talaba davlat granti asosida tahsil oladi. Ushbu qabul kvotasida o‘qimoqchi bo‘lgan talabaga hokimlik bilan tuziladigan tegishli shartnomaga muvofiq belgilangan muddatda ishlab berish majburiyati yuklatiladi.

 

 

Maqsadli qabulni tanlagan abituriyentga mazkur taʼlim yo‘nalishida ham maqsadli ham umumiy tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

 

 

Shuningdek, maqsadli qabul beshta yo‘nalish uchun ham amal qiladi, agar tanlangan yo‘nalishlarda maqsadli qabul uchun kvotalar ajratilgan bo’lsa.

 

 

Maqsadli qabulda kimlar qatnasha oladi?

 

 

Kvota tasdiqlangach, maqsadli qabul o‘rinlari hududlar kesimida bo’linadi. Aynan bir hududga ajratilgan maqsadli qabul kvotasidan foydalanish uchun o‘sha hududda doimiy yashaydigan (propiskasi bor) abituriyent maqsadli qabuldan foydalanadi.

 

 

Maqsadli qabulga kvotalar qanday taqsimlanadi?

 

 

Kvotalar yo‘nalishlar kesimida va yo‘nalishlar kesimidagi o‘rinlar esa hududlar kesimida taqsimlanadi. Sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi kabi yo‘nalishlarga alohida grant kvotasi ajratiladi.

 

 

Masalan, Chiroqchi tumanida shifokor yoki matematika o‘qituvchilariga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, aynan shu hududdagi abituriyentlarning shu sohalarda uchun qo‘shimcha grant kvotasi ajratiladi.

 

 

Joriy yilda sog‘liqni saqlash va maktab ta’limi yo‘nalishlariga maqsadli qabul kvotalari taqdim etildi.

 

 

Kvotalar bilan ushbu havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

 

Sog‘liqni saqlash (maqsadli) – 2024-yil

Maktab ta’limi (maqsadli) – 2024-yil

 

 

 

Maqsadli qabul doirasida o‘qishga kira olmaganlar, umumiy tanlovda ishtirok eta oladimi?

 

 

Maqsadli qabul tanlovida qatnashgan abituriyent kerakli ballni yig‘sa, u grant asosida talaba bo‘ladi. Lekin to‘play olmasa, boshqa abituriyentlar bilan birgalikda umumiy tanlovda qatnashadi. Shuningdek, umumiy tanlovda natijasiga ko’ra ham grant, ham kontrakt uchun da’vogarlik qila oladi.

 

 

Ammo maqsadli qabulni tanlamagan abituriyentga mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha faqat umumiy tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. Maqsadli tanlovda esa ishtirok eta olmaydi.

 

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры