Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Prezidentning 2025-yil 20-oktyabrda “Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-309-son qarori qabul qilindi.

 

 

Unga ko‘ra, Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

 

 

– seysmik xavfsizlikni taʼminlash va barqaror qurilish sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va natijalarini amaliyotga joriy etishni taʼminlash;

 

– tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda shaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarining barchasini amalga oshirish.

 

– boshqa ilmiy tashkilotlar, jamg‘armalar, taʼlim muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish orqali birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

 

 

Institut faoliyati o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida tashkil etiladi va Kengashlar nazorati ostida yuritiladi.

 

 

Shuningdek, institutga ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va o‘z faoliyatiga mos ixtisosliklar bo‘yicha doktorant va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash huquqi beriladi.