Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga binoan, Xalikulov Utkir Mirzakamolovich Olmaliq davlat texnika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori hamda institut rektori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
U.Xalikulov — texnika fanlari doktori, dotsent, tayinlovga qadar u ‘‘MISIS’’ universitetining Olmaliq shahridagi filialida direktor o‘rinbosari — ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
