Iqtisodchi Otabek Bakirov “Kelayotgan oʻquv yilida oʻzi busiz ham haddan ziyod ortiq yuklama bilan ishlayotgan umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar soni yanada koʻpayadi”, – deb yozmoqda:
Bu yil maktablarning 11-sinfini tugatayotgan 414,6 ming oʻquvchi oʻrniga sentyabrda kamida 715,5 ming oʻquvchi 1-sinfga boradi. Bu maktablarga yuklama yana kamida 300 mingga ortadi degani.
Oʻtgan yili 2024-yil investitsiya dasturida maktablar qurilishiga 3 trillion soʻm ajratilishi va 150 ming oʻquvchi oʻrni yaratilishi aytilgan edi. Bu rejalar oʻquv yili boshlanguncha qanchalik darajada amalga oshadi, hozircha masʼullar hisobot taqdim etishmagan.
Eslatib oʻtamiz, maktablarda oʻquvchi oʻrni yetishmasligi muammosini hal qilishi mumkin boʻlgan “yiliga 500 ming oʻquvchi oʻrni yaratish“ vazifasi ”Oʻzbekiston-2030″ Strategiyasiga kiritilmagan.