Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yilda qanday ishlar amalga oshirildi?

Joriy yilning 9-yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing tashkil etildi. Unda Taʼlimni rivojlantirish markazi boʻlim boshligʻi Shavkat Xoʻjaqulov markaz tomonidan ushbu davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Ma’lumotlarga ko’ra:

 

Oʻtgan vaqt mobaynida markaz tomonidan “Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.

 

“Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik majmualarni yaratish, tajriba- sinov va ekspertizadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi normativ-huquqiy hujjati loyihasi ishlab chiqildi.

 

YUNESKOning Milliy oʻquv dasturi prototipi, Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Qozogʻiston kabi mamlakatlar tajribalari asosida “Umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha yoʻriqnoma” hamda “Umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv dasturi maketi” tasdiqlandi.

 

Oʻquv adabiyotlariga rasmiy maqom hamda nashr etishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnomasini rasmiylashtirish uchun tizimga biriktiriladigan hujjatlar va talablar roʻyxati, ekspertizadan oʻtkazish hamda baholash mezonlari shakllantirildi.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasida mavjud taʼlim turlari YUNESKOning “Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi” darajalariga toʻliq muvofiqlashtirildi.

 

 

“Raqamli taʼlim resurslari va ulardan foydalaniladigan dasturiy vositalarga qoʻyiladigan umumiy talablar” ishlab chiqildi.

 

 

“Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik majmualarni yaratishga qoʻyiladigan talablar” ishlab chiqildi.

 

 

Respublika ishchi guruhi aʼzolari va xalqaro ekspertlar tomonidan “Umumiy oʻrta taʼlimda oʻqitish natijalarini baholash konsepsiyasi” ishlab chiqildi.

 

 

“Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida faoliyat olib borayotgan tabiiy fanlar laborantlari uchun malaka oshirish kursi” tayanch oʻquv rejasi va dasturi tayyorlandi.

 

 

“Maktabgacha taʼlim menejmenti” nomli maktabgacha taʼlim mutaxassislari uchun darslik hamda turli dolzarb mavzularda 3 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma ishlab chiqildi.

 

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda Singapurning Kembrij dasturi asosida 5-7 sinflar uchun darsliklarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish boʻyicha metodik yordam koʻrsatildi.

 

 

2024-2025 oʻquv yiliga taʼlim oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillarida olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-sinflari uchun “Tasviriy sanʼat” va “Musiqa” darsliklarini ishlab chiqish jarayoni muvofiqlashtirildi.

 

 

Yil davomida markaz tomonidan 4 ta xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Unda Niderlandiya, Singapur, Janubiy Koreya, Xitoy kabi mamlakatlardan tadqiqotchilar va olimlar ishtirok etishdi.

 

 

Markaz muassisligida “Oʻzbekiston taʼlim tadqiqotlari jurnali” onlayn jurnali tashkil etildi. Jurnalda taʼlim sohasidagi ilmiy tadqiqot natijalari, dolzarb muammolar va ularni hal etish boʻyicha takliflar aks ettirilgan ilmiy maqolalar chop etilmoqda.

 

 

Pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirish maqsadida “Metodik marafon”lar tashkil etildi,

 

 

Ushbu tadbirlarda: 300 dan ortiq master-klass berildi;

 

 

Oltmish ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etdi;

 

 

Ikki yuz nafarga yaqin mentorlar korpusi yaratildi.

 

 

“Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” boʻyicha 208 ta tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik oʻrnatildi.

 

 

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti bilan hamkorlikda informatika va axborot texnologiyalari boʻyicha:

 

 

18 soatlik oʻquv kursi dasturi va kontenti yaratildi;

 

 

45 ming nafarga yaqin boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari oʻqitildi;

 

 

Ekologik savodxonlikni rivojlantirish boʻyicha 10 soatlik malaka oshirish kursi oʻquv reja va dasturi ishlab chiqildi.

 

 

Texnologiya, tarbiya, tarix, tabiiy fanlar, tasviriy sanʼat, musiqa madaniyati fanlari boʻyicha oʻqituvchilar malakasini oshirish oʻquv kurslari dasturlari ishlab chiqildi.

 

 

7-11-sinf oʻquvchilari uchun kimyo fanidan laboratoriya va amaliy ishlarni oʻtkazish boʻyicha oʻzbek va rus tillarida uslubiy-qoʻllanma ishlab chiqildi.

 

 

The Physics Aviary platformasining 615 ta interfaol resurslari mahalliylashtirildi hamda Tabiiy fanlarga oid virtual laboratoriya va simulyatsiyalar platformasi ishlab chiqildi.

 

 

YUNICEF xalqaro ekspertlari koʻmagida “Uzluksiz taʼlim tizimining izohli lugʻati” ishlab chiqildi hamda tasdiqlandi.

 

 

“Yagona taʼlim resurslari va xizmatlari” portali yaratildi va test rejimida ishga tushirildi.

 

 

138 ta metodik tavsiya, pedagogik dasturiy vositalar va platformalardan foydalanish, maktab darsliklarini oʻqitish, taʼlimda baholash nazariyasi va amaliyoti kabi yoʻnalishlar boʻyicha

60 ta video resurs eʼlon qilindi.

 

 

Markaz xodimlari Portugaliya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi mamlakatlarda malaka oshirishdi.

 

 

Koreya taʼlimni rivojlantirish instituti, Koreya oʻquv dasturlari va baholash instituti, Uzoq Sharq universiteti, Koreya milliy transport universiteti bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

 

 

Tasodifiylik tamoyili asosida respublikamizning 14 hududidan tanlab olingan 210 ta maktabda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda TALIS–2024 asosiy soʻrovnoma jarayonlari tashkil etildi. Unda dasturiy vosita orqali tanlab olingan 4436 nafar oʻqituvchi ishtirok etdi.

 

 

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti bilan hamkorlikda TIMSS – 2023 tadqiqotining Oʻzbekiston uchun Milliy ensiklopediyasi ishlab chiqildi.

 

 

Xalqaro PISA tadqiqotlarida foydalanilgan va ochiq eʼlon qilingan topshiriqlarga doir videodarslar eʼlon qilindi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры