Qaysi OTMni tugatganlar prokuratura va tergov organlarida ishlashi mumkin?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi faqat Huquqni muhofaza qilish akademiyasini tugatganlar prokuratura va tergov organlarida ishlay oladi, deb Oʻzbekiston 24 da xato maʼlumot tarqatildi” degan xabar paydo boʻlgan.

 

Shundan soʻng Huquqni muhofaza qilish akademiyasi rasmiy axborot eʼlon qilgan. Akademiyaning rasmiy axborotida “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF–257-son Farmonning 7-bandida boshqa yuridik oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari Akademiyada davomiyligi 6 oy (576 soat) boʻlgan qayta tayyorlash kursini oʻtashi va tegishli diplomga ega boʻlishi talab etiladi”, – deb izohlangan.

 

 

“Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” Prezident farmonining 7-bandida quyidagicha aks etgan:

 

–  Vakolatli davlat organlari xodimlari uchun Akademiyada quyidagi oʻquv dasturlari boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirishning majburiy tartibi joriy qilinsin: birinchi marotaba vakolatli davlat organlariga xizmatga qabul qilinib, surishtiruvchi yoki tergovchi lavozimlariga tayinlangan hamda prokuratura organlariga ilk bor xizmatga qabul qilingan xodimlar uchun — davomiyligi 576 soatdan kam boʻlmagan majburiy birlamchi ixtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlash kurslari.

 

Yaʼni, prokuratura va tergov organlariga yangi ishga kirgan har qanday xodimlar Huquqni muhofaza qilish akademiyasini tugatgan yoki tugatmaganligidan qatʼiy nazar 6 oy (576 soat) boʻlgan qayta tayyorlash kursini oʻtashi lozim.

 

Bundan tashqari prokuratura toʻgʻrisidagi qonunning 43-moddasiga  koʻra, prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar va ish oʻrganuvchilar lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari boʻlgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sogʻligʻi imkon beradigan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanishi belgilangan.

 

“Yaʼni, yuqoridagi normativ hujjatlardan xulosa qiladigan boʻlsak, prokuratura va tergov organlarida faqat Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bitiruvchilari ishlay oladi degan fikrlar notoʻgʻri hisoblanadi. Hech bir normativ hujjatda bunday qoida oʻz aksini topmagan. Yaʼni TDYUU yoki boshqa oliy yuridik taʼlim muassasasini tugatganlar ham prokuratura va tergov organlariga ishga kira oladi”, – deb izohlangan @yuristlar_maslahati telegram sahifasida.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры