Talaba OTMdagi o‘qishini davom ettira olmasa, to‘lagan kontrakt puli qaytarib olinadimi?
Fuqarolik kodeksining 703-moddasiga binoan haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha ijrochi buyurtmachining topshirig‘i bilan ashyoviy shaklda bo‘lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi. Qoidaning mazmuniga ko‘ra talaba buyurtmachi sifatida universitet bilan ta’lim berish to‘g‘risida shartnoma tuzgan hisoblanadi. Mazkur kodeks 707-moddasida […]