Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazish bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma berildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 17-dekabrdagi 04-37-4269-son ko‘rsatma xati bilan ta’lim muassasalarida Yangi yil bayrami tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

 

 

Ushbu ko‘rsatmalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim, ixtisoslashtirilgan, ijod va Prezident maktablariga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Yangi yil bayrami munosabati bilan quyidagilar tavsiya etildi

 

 

–  Yangi yil bayrami munosabati bilan ta’lim tashkilotlari hududi, binosi hamda sinf xonalarini tartibga keltirish, ta’lim tashkilotlari hovlisidagi tabiiy archanı (mavjud bo‘lsa) o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar qo‘l mehnati bilan yasalgan turli bezaklar bilan bezatish;

 

–  Yangi yil bayramini o‘tkazish uchun ta’lim tashkilotlari foyesi, faollar yoki sport zallarini o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar qo‘l mehnati bilan yasalgan turli bezaklar bilan bezatish, bunda, turli xil elektr yoritgichlar bilan yasatilishga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rish;

 

–  bayram tadbirlarini ta’lim tashkilotlari hududida, qiziqarli tarzda tashkil etish va ta’lim muassasasi hududini bayramona bezatish;

 

–  bayram tadbirlarini ta’lim tashkilotlarining guruhlarida va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun sinf xonalarida, dars mashg‘ulotlariga xalal bermagan holda o‘tkazish;

 

–  ta’lim tashkilotlarining yuqori sinflari o‘rtasida qo‘l mehnati bilan tayyorlanadigan bezaklar (qog‘ozdan yasalgan qor parchalari va boshqa Yangi yil bayramiga xos bo‘lgan bezaklar) tanlovi, “Eng chiroyli bezatilgan sinf” va “Eng yaxshi Yangi yil tabriknomasi” (sinf nomidan maktabga, o‘qituvchilarga, ota-onalarga) kabi ko‘rik-tanlovlar tashkil etish;

 

–  o‘quvchilar tomonidan Yangi yil bayrami bilan bog‘liq turli xil ertaklar va sahna ko‘rinishlarini namoyish etish tavsiya etiladi.

 

 

Shuningdek, quyida keltirilgan ishlar amalga oshirilishi lozim:

 

–  o‘quvchilar hamda ota-onalar o‘rtasida Yangi yil bayramini oila davrasida o‘tkazish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;

 

–  o‘quvchilar tomonidan turli xil pirotexnik vositalarni olib kelish hamda ulardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rish;

 

–  ta’lim tashkiloti rahbariyati tomonidan “Ertalabki saflanish”lar davomida, sinf rahbarlari tomonidan esa “Sinf soatlari” va “Ota-onalar majlisi”da turli xil pirotexnika vositalaridan foydalanishning og‘ir oqibatlari haqida o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borish lozim.

 

 

Eslatma! Yangi yil bayrami arafasida quyidagilar taqiqlanadi:

 

–  bayram bahonasida tabiiy archa daraxtlarining shox va novdalarini sindirish yoki ularni boshqa joyga ko‘chirish;

 

–  Yangi yil bayramini nishonlash bahonasida o‘quvchilar va pedagog xodimlar tomonidan noqonuniy pul yig‘imlarini tashkil etish;

 

–  Yangi yil bayramini restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida o‘tkazish, shuningdek, o‘quvchilar, ularning ota-onalari tomonidan bayram munosabati bilan ta’lim tashkiloti rahbariyati va pedagog xodimlarga turli xil sovg‘alar taqdim etish qat’iyan taqiqlanadi.

4o

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры