“Ochiq budjet”da g‘olib loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir maktabga 50 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

“O‘zbekiston–2030” strategiyasining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq joriy yilda tanlab olingan 14 ta tumandagi 612 ta maktabda sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi o‘tkaziladi.

 

 

 

Bunda,

 

18–27-dekabr kunlari – loyihalarni shakllantirish (10 kun);

 

2025-yil 2–11-yanvar kunlari – loyihalarni saralash (10 kun);

 

13–17-yanvar kunlari – ovoz berish (5 kun) bosqichlari bo‘lib o‘tadi.

 

 

Eslatma: ushbu loyihada maktablarning 5–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

 

 

“Mening maktabim” loyihasi doirasida o‘quvchilar tomonidan o‘zlari ta’lim olayotgan maktabni jihozlash va qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyihalar shakllantiriladi hamda o‘quvchilar tanlagan (ovoz bergan) loyihalar moliyalashtiriladi.

 

 

 

Joriy yilda g‘olib loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir maktabga 50 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры