O‘zbekistonda kamida har 7 nafar o‘quvchidan biri maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi. Bu haqida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan PISA 2022 so‘rovi natijalariga asoslanib o‘tkazilgan tadqiqot natijalarida ma’lum qilindi.
Mazkur so‘rov natijalariga ko‘ra, kamida har yetti o‘quvchidan bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi va zo‘ravonlik yoki bezorilikka guvoh bo‘lgan.
Xususan, o‘quvchilarning yomon gaplarni tarqatishi 21 foiz, maktab hududida boshqa o‘quvchilar bilan urishishi 17 foiz, boshqa bolalar tomonidan kamsitilishi 16 foizni tashkil etgan.
Ta’kidlash lozim, so‘rov mamlakatimizning turli hududlari bo‘yicha 15 yoshli o‘quvchilarning javoblarini mujassam etgan bo‘lib, uning asosida yaratilgan ma’lumotlar bazasi 202 ta maktab va 7293 nafar o‘quvchini qamrab olgan.