Maktabda pedagoglarni qaysi bayramlarda ragʻbatlantirish mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 9-bandiga koʻra umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy ragʻbatlantirish va moddiy yordam berish boʻyicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Shu qoidaga koʻra, maktabda pedagogik toifaga kirmaydigan boshqa xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ularga moddiy yordam berish mumkin.

 

Bunda nizomning 29-bandiga asosan umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.

 

Shunday ekan, maktabdagi barcha xodim yilda faqat bir marta 1-oktyabr munosabati bilan mukofotlanishi mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры