Xabaringiz bor, Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchining onasi va o‘qituvchi ayol o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan edi.
Ushbu holat yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiy bayonot bergan. Unga ko’ra, ichki ishlar organi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, fuqaro S.R.ga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 41 (Tuhmat) va 52 (Yengil tan jarohati yetkazish) moddalari 2-qismi, G.R.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 52-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish qoʻzgʻatilib, toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Mazkur qaror prokuratura tomonidan nazorat tartibida oʻrganilib, asossiz boʻlganligi sababli bekor qilingan va 18-noyabr kuni fuqaro S.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda jinoyat ishi tergov harakatlarini oʻtkazish uchun ichki ishlar organiga yuborilgan.
Jinoyat ishi tergovi Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.