Endi bogʻcha tarbiyachilari va maktabdagi ustozlar ikki martalab ehtiyot boʻlishlari kerakmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-978-son, 21.10.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilgani “Endi, bogʻcha tarbiyachilari va maktabdagi ustozlar 2 martalab ehtiyot boʻlishlari kerak” kabi sarlavhalar bilan berilmoqda.

 

Aslida qanday oʻzgartirish kiritildi?

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan qonun hujjatlarga qanday oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilganligiga aniqlik kiritish maqsadida Adliya vazirligi mutaxassislari bilan bog’landik.

 

Vazirlik xodimi aniqlik kiritishicha, ushbu oʻzgarishlarini ijtimoiy tarmoqlarda oʻqituvchilarga bogʻlab tarqatish notoʻgʻri chunki, Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Jumladan, Jinoyat kodeksining oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126-1-moddasi bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirilmoqda.

Muhim! Amaldagi normada er-xotin yoki oilada birga yashovchi boshqa shaxslarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa-da, bu harakatlarni bolaga nisbatan sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmagan edi.

 

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksining 583-moddasi “Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishidan oldin berilishi mumkin” mazmunidagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilmoqda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ham bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

 

Senat ochiqlagan ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi 3 yilda 2 mingdan ortiq fuqaro sudlar tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan. Ulardan 86 foizi ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgani uchun javobgarlikka tortilgan.

 

Yangi qonun oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyat ishlari har tomonlama, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilishiga, tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning xulqiga ko‘rsatiladigan ijobiy taʼsirning kuchi yanada ortishiga, bolalar va xotin-qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashining oldini olish choralarining samaradorligini oshirish hamda oilalardagi maʼnaviy-axloqiy muhitni, shuningdek, xotin-qizlar huquqlariga oid xalqaro indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilashga xizmat qiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры