Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari taʼlim sohasidagi hamkorlik loyihalarini kengaytirish maqsadida amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasida bo‘lib qaytdi.
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ko‘magida amallga oshirilgan tashrif davomida Koreya taʼlimni rivojlantirish instituti (KEDI), Koreya oʻquv dasturlari va baholash instituti (KICE), Uzoq sharq universiteti va Koreya milliy transport universiteti rahbariyati bilan qator yoʻnalishlarda muzokaralar oʻtkazildi.
Xususan, Koreya taʼlimni rivojlantirish instituti rahbariyati bilan taʼlimning dolzarb masalalari boʻyicha hamkorlikda tadqiqotlar olib borish, taʼlim sifatini baholash va monitoring qilishning zamonaviy tizimlarini tatbiq etishda tajriba almashishga doir masalalar muhokama qilindi.
Bu borada, taʼlimning dolzarb masalalari boʻyicha hamkorlikda tadqiqotlar olib borish, taʼlim sifatini baholash va monitoring qilishning zamonaviy tizimlarini tatbiq etishda tajriba almashish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Koreya oʻquv dasturlari va baholash instituti rahbariyati bilan oʻquv dasturlari samaradorligini hamda xalqaro tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilish, grant loyihalarni amalga oshirish boʻyicha uzoq muddatli hamkorlik masalalari boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.
Xususan, muzokaralar davomida taʼlim natijadorligi hamda oʻquvchi va talabalarning bilimini sinashga qaratilgan milliy imtihon oʻtkazish boʻyicha KICE tajribasini Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyishda doir masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Uzoq Sharq universiteti bilan taʼlim statistikasi boʻyicha soha mutaxassislarining malakasini oshirishga doir hamkorlik imkoniyatlari oʻrganildi. Bunda KOICA ning 300 ming AQSH dollar miqdoridagi grant loyihasida ishtirok etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Koreya milliy transport universiteti rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida asosiy e’tibor Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt va robototexnikaga qiziquvchi oʻquvchilarni oʻqitishga doir loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik imkoniyatlariga qaratildi.
Bundan tashqari, taʼlim natijadorligi hamda oʻquvchi va talabalarning bilimini sinashga qaratilgan milliy imtihon oʻtkazish boʻyicha KICE tajribasini Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.