OTMda tahsil oluvchi talaba maktabda necha soatgacha ishlashga haqli?

Talabaning asosiy vazifasi ta’lim olish hisoblanadi. Shu tufayli talaba faqat darsdan bo‘sh vaqtlaridagina ishlashga haqli. An’anaviy yoki masofaviy shaklda o‘qishning ahamiyati yo‘q. Har ikki holatda ham asosiy vazifa o‘qish.

Mehnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni alohida xususiyatga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan o‘ttiz olti soat qilib belgilanadi.

 

Shunga ko‘ra barcha pedagog xodimlar uchun haftalik ish soati 36 soatdan oshmaydi, bunda qonun chiqaruvchi 1 stavka uchun mazkur me’yorni belgilaydi.

 

Mana shu qoidaga ko‘ra talaba ta’lim olish vaqtida bu soatlarni bajara olmaydi, shu tufayli u maktabda to‘liq stavkada ishlay olmaydi.

 

Bunda talaba OTMdagi darslari qo‘yilgan soatlarga qarab 0.5dan 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin.

 

Haftalik ish yuklamasini bajarish uchun bir kunda 7 soat vaqt sarflanadi. OTMda bir kunda kamida 2 para dars o‘tilganda ham talaba deyarli uch soat vaqt ketadi. Yoki haftasiga 2 kun o‘qish bo‘lganda ham MK 184-moddasidagi me’yorni bajarib bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba to‘liq stavkada ishlay olmaydi.

 

Bu vaziyatda talaba bo‘sh vaqtiga qarab 0.5 yoki 0.75 stavkada ishlashga haqli.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры