Bog‘chalarda bepul tarzda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha kelishuv imzolandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Fransiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammitida ishtirok etdi. Mazkur sammit doirasida vazir va Kokoro Lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet o‘rtasida suhbat tashkil etildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda tomonlar O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-6 yoshli bolalar uchun innovatsion Kokoro lingua platformasi yordamida bolalarga fransuz tilini o‘rgatish masalalarini muhokama qildi.

 

Muhokamalar yakunida kelgusi bir yil davomida 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida bepul tarzda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

 

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, Kokoro lingua bolalar uchun til o‘rgatish bo‘yicha innovatsion xalqaro kompaniya hisoblanadi.

 

Uchrashuvlar davomida vazir Hilola Umarova “France Education International” tashkiloti Bosh direktori Olive Brandui bilan ham uchrashdi.

 

Unda fransuz tomoni bilan O‘zbekistondagi fransuz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish va trener-o‘qituvchilarni tayyorlash, o‘qituvchilar almashuv dasturi hamda O‘zbekistonda fransuz tili testlarini (DELF junior, DALF) joriy qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

“France Education International” 1945 yilda tashkil topgan bo‘lib, tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri til bo‘yicha sertifikatlash va testlar tuzishdan iborat.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры