Toshkent davlat agrar universiteti hududida yongʻin boʻlayotgani aytilmoqda - Ta’lim xabarlari
Toshkent davlat agrar universiteti hududida yongʻin boʻlayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat agrar universiteti hududida yongʻin boʻlayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga koʻra, 30-sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar tushgan.

 

Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin bartaraf etilmoqda. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud emas.

 

FVV hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etilishini bildirdi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры