Fan nomzodi va fan doktori bir vaqtning o‘zida nechta talabgorga rahbar bo‘la oladi? - Ta’lim xabarlari
Fan nomzodi va fan doktori bir vaqtning o‘zida nechta talabgorga rahbar bo‘la oladi?

Fan doktori bir vaqtning o‘zida to‘rttadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar va konsultant bo‘lishi mumkin.

 

So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy konsultantlarga ilmiy yoki ta’lim tashkilotlarining kollegial organi xulosasi asosida oltitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.

 

Ilmiy unvoni bo‘lgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning o‘zida ikkitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin.

 

So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbarlarga ta’lim yoki ilmiy tashkilotning kollegial organi xulosasi asosida uchtadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.

 

Xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan izlanuvchilarga o‘rnatilgan me’yordan ortiq ilmiy rahbar yoki konsultantlar tayinlanishi mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры