“Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham qabul qilinadi  - Ta’lim xabarlari
“Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham qabul qilinadi 

Prezident qarori bilan ayrim qarorlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Ushbu qarorga koʻra:

 

–2024/2025 oʻquv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi Oʻzbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi;

 

–Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Bolalar psixologiyasi markazi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlari oshiriladi.

 

Eslatib o’tamiz, “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda yakka tartibdagi yakuniy suhbat yoki Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры