Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 30-avgustdagi 286-son buyrug‘i bilan monitoring guruhlarining tahlillariga binoan baholar haqqoniy qo‘yilmaganligi uchun ro‘yxatdan chiqarilgan umumta’lim maktablari ro‘yxati tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qaroriga ko‘ra, baholar haqqoniy qo‘yilmaganligi aniqlanganda barcha to‘plagan ballari bekor qilinadi hamda ushbu maktab rahbar va pedagog kadrlariga ustama to‘lanadigan maktablar ro‘yxatidan chiqariladi.
Avvalroq, 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab rahbar va pedagog kadrlariga ustama to‘lanadigan maktablar ro‘yxati haqida xabar bergan edik.
Quyida ro‘yxatdan chiqarilgan maktablar bilan tanishishingiz mumkin: