Chet el oliygohlari uchun grant yutishda nimalarga amal qilish kerak?

Hozirgi vaqtda juda ko’pchilikni “Qanday qilib chet elda grant asosida o‘qishim mumkin?”, “Buning uchun nimalar talab qilinadi?”, “IELTSdan yuqori ball olsam grant yuta olamanmi?” yoki “Grant yutish uchun baholar ahamiyatlimi?” degan savollar qiynaydi. Ushbu maqola orqali bu savollarga imkoni boricha qisqa va aniq javob berishga harakat qilamiz.

 

Dastlab, chet el grantlarining turlari va ularning farqlari haqida ma’lumot berish lozim.

 

Chet el grantlari asosan, 3 turga bo‘linadi:

 

–universitet tomonidan beriladigan grantlar;

–hukumat tomonidan beriladigan grantlar;

–tadqiqotlar uchun beriladigan grantlar.

 

Bu grantlar qaysi yo‘nalishlarda o‘qish uchun berilishi hamda grant miqdori (to’liq xarajatlarni qoplovchi, faqat o’qish xarajatlarini qoplovchi, qisman xarajatlarni qoplovchi hamda stipendiya) ga qarab bir-biridan farq qiladi.

 

Universitet tomonidan beriladigan grantlar odatda bakalavr va magistratura bosqichlari uchun universitetlar tomonidan ajratiladi.

 

Bu jarayonda talabgorlardan quyidagi majburiyatlar talab etiladi:

 

–universitet va tanlangan yo‘nalishning kirish talablariga javob berish;

–grantni doimiy saqlab qolish uchun o‘qish davomida aktiv bo‘lish va semestrlarni yuqori baholarga yopish;

 

Grant yutishda muhim rol o‘ynovchi omillar, oldingi o‘quv bosqichidagi yuqori baholar hamda ushbu yo‘nalishga doir yutuqlar (tajriba, loyihalar va ilmiy ishlar).

 

Shu bilan birgalikda talabgorlar o‘zlari haqidagi “Motivatsion xat” taqdim etishlari talab etiladi.

 

Motivatsion xatda asosan:

 

–nima uchun aynan shu yo‘nalishda o‘qish sabablari va rejalar aniqligi;
–qolganlardan ajralib turuvchi jihatlari haqida;
–universitet uchun qanday foyda keltira olish va kelajak rejalari keltirilgan bo‘lishi kerak.

 

Shuningdek, yaxshi yozilgan akademik tavsiyanoma, IELTS kabi(SAT, GME, GMAT) til sertikatlari bo‘lishi grant yutish uchun qo‘shimcha yordam beradi.

 

Sertikatlar bo‘lishidagi asosiy maqsad, ular orqali to‘plangan tajriba hisoblanadi.

 

Universitet grantlariga ko‘p hollarda alohida hujjat topshirish talab qilinmaydi. Hujjat topshirgan barcha abituryientlar talablarga mos keluvchi grantlarga avtomatik nomzod sifatida olinadi. Ba’zi hollarda ularga alohida hujjat topshirish talab qilinadi. Bu faktor stipendiyaga qarab farq qiladi.

 

Hukumatlar tomonidan beriladigan grantlar (Government Grant Definition) odatda ushbu bosqichlar uchun:

 

–magistr;
–almashinuv dasturlari (maktab yoshidagilar uchun ham);
–tajriba almashinuv dasturlari;
–bakalavr;

 

Bularga quyidagi grantlar misol bo‘la oladi:

 

–Fulbright (AQSh);
–Chevening (Buyuk Britaniya);
–DAAD (Germaniya);
–Erasmus Mundus (Yevropa davlatlari);
–GKS (Koreya);
–UGRAD (AQSh);
–FLEX (AQSh);

 

Moliyalashtirish turida, ko‘p hollarda o‘qish, turar joy, safar va yashash xarajatlari to‘liq qoplanadi.

 

Bu imtiyoz ushbu bosqichlar uchun:

 

–Magistr (tadqiqot turi);
–PhD (doktorantura);
–Post doktorantura;
–Tadqiqot loyihalari ustida ishlash;

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры