Sinov muddati uzog’i bilan uch oy muddatga xodimning ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, mehnat shartnomasida kelishilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi uchun tuziladi.
Biroq Mehnat kodeksining 129-moddasiga ko‘ra, quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:
– homilador ayollar;
– uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;
– korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;
– o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari.
Shundan kelib chiqib, talabalar OTMni bitirgach ishga 1-marotaba ishga kirayotganida sinov muddati belgilashga qonunan yo’l qo’yilmaydi.