"Perevodchilar" qachondan oʻqishni boshlaydi?  - Ta’lim xabarlari
“Perevodchilar” qachondan oʻqishni boshlaydi? 

Xorijiy va nodavlat taʼlim muassasalaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga yetarli ball toʻplab oʻqishini koʻchirayotgan talabgorlar avvalo koʻchirib oʻtkazayotgan OTMdan aloqa xatini olishlari kerak boʻladi.

 

Shu bilan bir qatorda davlat oliygohining biridan ikkinchisiga oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan talabgorlar ham huddi shunday koʻchirayotgan OTMdan aloqa xatini olishlari kerak!

 

Aloqa xatini olgan talabgorlar koʻpi bilan 10 kun muddat ichida avvalgi oʻqish joylaridan kerakli hujjatlarni olib kelishlari kerak boʻladi.

 

Hujjatlarni olib kelgan talabgorlarga yoʻnalishi kiruvchi fakultet tomonidan fanlar farqi chiqarib beriladi va shu boʻyicha ularning oʻquv bosqichlari belgilanadi.

 

Shundan soʻng, ular 15-oktyabrga qadar toʻlov-shartnomaning 25%i toʻlov qilishlari kerak boʻladi. Aks xolda, talabgorlar talabalar safiga qabul qilinmaydi!

 

Xulosa qilib aytganda, siz aloqa xatini olib qancha tezroq hujjatlaringizni olib kelsangiz va kontrakt toʻlovini amalga oshirsangiz, shuncha tezroq sizga talabalar safiga qabul qilish boʻyicha buyruq chiqadi.

 

Eslatma, o‘qishni ko‘chiruvchilar sonidan kelib chiqib ularga yangi guruh ochilishi yoki mavjud guruhlarga qoʻshilishi mumkin!

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры