Birinchi kurslarni universitetdagi ilk haftada nimalar kutyapti? - Ta’lim xabarlari
Birinchi kurslarni universitetdagi ilk haftada nimalar kutyapti?

Avvalo, yangi o‘quv yili ochilish tadbiri bilan birinchi kurs talabalari uchun tanishuv darslari boshlanadi. Talabalarga fakultet va yo‘nalishlari yuzasidan ma’lumotlar beriladi va guruhlarga tartiblanadi. Guruhlar uchun tutor (guruh rahbari) tayinlanadi va u bevosita talabalar bilan ishlaydi. Talaba savollari, takliflari va muammolari yuzasidan tutorga murojaat qilishi mumkin.

 

Bundan tashqari, maktabdagi ayrim so‘zlar universitetda o‘zgaradi.

Masalan:

Sinf – kurs;

Sinfxona – auditoriya;

Direktor – rektor;

Zam direktor – prorektor;

Sinf rahbar – tutor va hokazo.

 

Maktabdagi 45 daqiqalik darslar 80 daqiqaga o‘zgaradi va fanlar ikkiga bo‘lib nazariy va amaliy shaklda olib boriladi.

 

Masalan: sizda notiqlik darsi bo‘lsa, bir darsda nazariy, keyingisida amaliy tarzida bo‘ladi. Bunda nazariyada olgan bilimlaringizni amaliy darsda ko‘rsatishingiz kerak. Nazariyadan va amaliydan ikkita o‘qituvchi dars berishi ham mumkin bu esa bitta fandan turli o‘qituvchilar qo‘lida dars olishingizni anglatadi.

 

Quyida birinchi kursni tamomlagan talabadan yangi talabalarga bir nechta maslahatlarni ko‘rishingiz mumkin:

 

Faol bo‘ling: Faqat darslarga qatnashish yetarli emas. Universitetda turli xil klub, seminar va tadbirlarga qatnashing. Bu sizning tarmog‘ingizni kengaytirishga va tajriba orttirishga yordam beradi.

 

Tarmoq yarating: Professorlar, hamkasblar va mutaxassislar bilan munosabatlar o‘rnatish sizning kelajakdagi karyerangiz uchun juda foydali bo‘lishi mumkin.

 

Sog‘lig‘ingizga e’tibor bering: Ko‘p o‘qish va darslar orasida dam olish va sog‘lig‘ingizni unutmaslik muhim. Uyqu va dam olishga ham vaqt ajrating. Shuningdek, talabalikda noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida, oshqozon kasalliklariga duchor bo‘lishingiz mumkin. Buning oldini olish uchun to‘g‘ri va tartibli ovqatlanishni yo‘lga qo‘ying.

 

O‘qishni mustaqil tashkil qiling: Oliy ta’limda o‘qituvchilar faqat yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadilar. Sizdan o‘z ustingizda ishlash talab qilinadi, shuning uchun resurslardan unumli foydalanish va chuqur bilim olishga intiling. Til o‘rganing, chet tilini o‘rganishingiz orqali ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lasiz.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры