Maktablardagi ayrim lavozimlar qisqartirildi - Ta’lim xabarlari
Maktablardagi ayrim lavozimlar qisqartirildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘i (30.09.2024 №288) bilan umumiy oʻrta taʼlim sohasida bir-birini takrorlovchi samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish hamda Davlat byudjeti hisobidan ajratilayotgan mablagʻlardan samarali va oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 28-dekabrdagi 40b-son buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Unga koʻra, sinflar soniga qarab “kutubxonachi” shtatini ajratish amaliyoti bekor qilinadi hamda barcha maktablarda “Kutubxona mudiri” (1 shtat birligi) lavozimi ajratiladi.

 

 

Psixolog lavozimi esa oʻquvchilar soni 1500 nafargacha boʻlganda 1 birlik, 1500 nafardan ortiq boʻlganda 2 birlikdan shtat ajratiladi.

 

 

Laborant lavozimi tugatildi. Laboratoriya xonasi mavjud boʻlganda fizika yoki kimyo fani oʻqituvchisidan biriga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida har oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi.

 

 

 

 

 

 

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры