Kontrakt miqdorlari kiritilmagan — bu nima degani? - Ta’lim xabarlari
Kontrakt miqdorlari kiritilmagan — bu nima degani?

Super-kontrakt uchun ariza berayotgan ayrim abituriyentlarga kontrakt miqdorlari kiritilmagan deya xabar chiqmoqda va ular shartnoma ololmayapti. Ushbu muammoga huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev izoh berdi. 

 

Huquqshunos bunga sabab qilib, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlar 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt narxini bazaviy kontrakt miqdoridan emas, balki o’zlari belgilagan qimmatroq kontrakt narxidan hisoblayotganligini keltirgan.

 

“Buning uchun esa moliyaviy mustaqillik berilgan hamma oliygoh o’zining kontrakt narxini vazirlik bazasiga kiritib chiqishi kerak bo’ladi. Hozirgacha ancha-muncha oliygoh narxlarni kiritib chiqdi, lekin hali kiritmaganlari ham bor. Ana o’shalarda xatolik chiqmoqda.

 

Xulosa: yuqoridagi kabi xatolik quyidagi holatlarda uchramoqda:

 

1.  Oliygohga moliyaviy mustaqillik berilgan va ular kontraktni bazaviydan qimmatroq qilib belgilagan bo’lsa.

 

2.  Super-kontrakt narxini hisoblashda o’zi belgilagan qimmatroq kontrakt miqdorini asos qilib olgan bo’lsa.

 

Oliygohlar bazaga kontrakt narxini kiritishi bilan, ushbu muammo hal bo’ladi.

 

Bazaviy kontrakt narxi bilan hisoblanadigan super-kontrakt uchun shartnoma olishda hech qanday muammo bo’lmayapti”, – deydi Xushnudbek.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры