Super-kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi - Ta’lim xabarlari
Super-kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi

To‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

 

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;

 

1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;

 

2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;

 

3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar to‘lash belgilangan.

 

Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun to‘lov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:

 

Oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymati qo‘llaniladi;

 

Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры