Soatbay ishlovchi pedagoglarga oylik qanday hisoblanadi?

O‘rindoshlik asosida boshqa maktabdan kelib ishlovchi pedagoglar, yoki maktabning rahbar xodimlariga o‘tilgan dars uchun soatbay usulida ish haqi to‘lanadi.

 

2023-yil 1-dekabr holatiga bir soat dars uchun belgilangan oylik quyidagicha:

 

Oliy toifa — 48 777 so‘m;

 

1-toifa — 44 140 so‘m;

 

2-toifa — 39 612 so‘m;

 

Mutaxassis — 35 381 so‘m;

 

O‘rta maxsus — 33 073 so‘m.

 

Oylikni hisoblashda quyidagilarga e’tibor beriladi. Pedagog bir oy davomida necha soat dars o‘tganligi O‘IBDO‘ tomonidan hisoblab chiqiladi va ish vaqtini hisoblash tabeliga yoziladi.

MMTB dagi buxgalter shu yozilgan soat bo‘yicha ish haqi hisoblaydi. Misol uchun 4-sentyabrdan o‘qish boshlandi va sentyabr oyining oxirgi kuniga qadar aytaylik 28 soat dars o‘tildi. Bunda pedagogning toifasiga qarab oylik to‘lanadi. Agar oliy toifali o‘qituvchi bir oy davomida 28 soat dars o‘tgan bo‘lsa, uni quyidagicha hisoblaymiz.

28*48.777=1.365.756

 

Chiqqan summadan 13% daromad solig‘i va kasaba uyushmasi uchun ushlab qolinadi va qolgani plastik kartaga tushadi.

 

Bundan tashqari, daftar tekshirish summalari va qo‘shimcha belgilangan ustamalar bo‘lsa ular ham qo‘shiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, soatbay ishlovchi pedagoglarga faqat o‘tilgan dars uchun ish haqi to‘lanadi. Ta’til davri uchun, bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari uchun oylik yozilmaydi.‌‌

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры