Bugun apellyatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni - Ta’lim xabarlari
Bugun apellyatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

2024-yil 18-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

 

Shuningdek, 22-avgust kuni o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.

 

Apellyatsiya arizalarini qabul qilish my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (27-avgust) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

 

Apellyatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma yuboriladi.

 

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak bo‘ladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры