Bugun chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni

Bugun chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni

 

Bugun, 1-yanvar kuni ingliz, nemis, turk, arab, pushtu va koreys tili bo’yicha chet tili imtihonlarida ishtirok etish bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatga olishning oxirgi kuni.

 

To‘lov 2-yanvargacha amalga oshirilishi lozim.

Turk tili bo‘yicha test sinovlari joriy yilning 12-yanvar kuni, ingliz, nemis, arab, pushtu va koreys tillari bo’yicha 18-19-yanvar kunlari o’tkaziladi.

Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.