56.7 balldan kam to‘plaganlar ham kollej/texnikum tanlovida qatnasha oladi - vazirlik - Ta’lim xabarlari
56.7 balldan kam to‘plaganlar ham kollej/texnikum tanlovida qatnasha oladi – vazirlik

Bugun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikumlarning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlashning so‘nggi kuni.

 

Bunda amaldagi tartibga ko‘ra kirish imtihonlarida qatnashgan barcha abituriyentlar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Kollej va texnikumlarga qabulda minimal o‘tish ballari belgilanmagan.

 

Ma’lumot uchun, joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi. Yoʻnalish tanlab qoʻyilsa boʻldi. Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

 

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari (MANDAT) tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры