Davlat OTMlari bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi

Davlat OTMlari bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi

Prezident farmoni bilan O‘zbekistondagi yirik oliy ta’lim muassasalari bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu orqali OTMlarga xususiy investorlarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezidentning 2026-yil 28-avgustdagi «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-177-son Farmoni bilan, xususiylashtirish dasturi doirasida 84 ta xo‘jalik jamiyatidagi davlat ulushlari, 1 242 ta ko‘chmas mulk obyekti hamda tadbirkorlik va shaharsozlik maqsadlari uchun qariyb 8 ming gektar yer uchastkalari savdoga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Davlat OTMlari xususiylashtiriladi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Farmonga ko‘ra, yirik davlat oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich tijoratlashtirish nazarda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu orqali oliygohlarga xususiy investorlar va moliyaviy vositalarni jalb etish imkoniyati yaratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bundan tashqari ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini ham bosqichma-bosqich tijoratlashtirish belgilanmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, davlat ishtirokidagi 85 ta korxona tugatiladi yoki qayta tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Avval sotilmagan 84 ta aktiv esa boshlang‘ich narxi 1 million so‘m etib belgilanib, qayta auksionga chiqariladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Savdoga chiqariladigan aktivlarning umumiy qiymati 100 trillion so‘mni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ularni realizatsiya qilishdan yil yakuniga qadar kamida 14 trillion so‘m tushum olish kutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Farmonda tadbirkorlar uchun davlat aktivlarini xarid qilish shartlari ham yengillashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Jumladan, avans to‘lovi 35 foizdan 15 foizga tushiriladi, qolgan mablag‘ni esa foiz hisoblanmagan holda bosqichma-bosqich to‘lash imkoniyati beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Aktiv qiymatini olti oy ichida to‘liq to‘lagan xaridorlarga 25 foiz chegirma beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, aktiv qiymatining 35 foizini uch oy ichida to‘lash sharti bilan qolgan mablag‘ni 5 yilgacha, 50 foizini olti oy ichida to‘lash sharti bilan esa 7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Aktiv uch oy davomida sotilmagan taqdirda, uning narxini bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qo‘llaniladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ayrim hollarda esa narxni avval pasaytirish, keyin oshirishni nazarda tutuvchi «gibrid auksion» mexanizmi joriy etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yangi mexanizmlar davlat ishtirokidagi tijorat banklari balansidagi aktivlarni realizatsiya qilishda ham qo‘llanilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq nodavlat OTM rektorlariga ham davlat OTM rektorlari kabi malaka talablari qo‘yilishi ma’lum qilingan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠