Hemis yangilandi: Joriy o‘quv yili uchun ilk yangilanish nimalardan iborat?

Hemis yangilandi: Joriy o‘quv yili uchun ilk yangilanish nimalardan iborat?

HEMIS tizimining 1.9.53 versiyasida ikkinchi oliy ta’lim talabalari va xorijiy talabalarni tizimga kiritish, o‘qishga tiklash hamda talabalarni rasmiylashtirish jarayonlariga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Hemis’ning 2026-yil 5-sentyabr kunidagi yangi 1.9.53 versiyasida ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish va talabalarni tizimga kiritish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan funksionallar joriy etildi. Bunda:

 

1. Ikkinchi oliy ta’lim talabalarini kiritish

Ikkinchi oliy ta’limga qabul qilingan hamda texnikumni bitirib, suhbat asosida qabul qilingan talabalarni verifikatsiya orqali tizimga kiritish anketasi ishlab chiqildi.

 

Talabalar bazasi → Ikkinchi ta’lim talabani kiritish

 

2. Ikkinchi ta’lim talabalarini rasmiylashtirish

“Ta’lim buyruqlari” modulida ikkinchi ta’lim talabalarini rasmiylashtirish uchun “Darslarga ruxsat berish (ikkinchi ta’lim)” farmoyishi va uning shabloni ishlab chiqildi.

 

3. Ikkinchi ta’lim uchun o‘quv rejasi

Ikkinchi ta’lim talabalari uchun alohida o‘quv rejasi yaratiladigan holatlarda funksional takomillashtirildi.

 

Agar ta’lim shaklida “Ikkinchi oliy” tanlansa, o‘quv reja semestrlari 3-semestrdan boshlab yaratiladi.

 

4. O‘qishga tiklash funksionali

“Ta’lim buyruqlari → O‘qishga tiklash buyrug‘i” funksionali takomillashtirildi. Buyruqqa talaba qo‘shishda hujjat parametri hisobga olinadi va talabalar ajratiladi. Shuningdek, chetlashtirilgan talabalarni verifikatsiya orqali tiklash imkoniyati joriy etildi.

 

5. Xorijiy talabalarni kiritish

“Talabalar bazasi → Talaba yaratish” funksiyasidan xorijiy talabalarni kiritish olib tashlandi.

 

Endilikda xorijiy talabalar faqat:

 

Talabalar bazasi → Xorijiy talabani kiritish menyusi orqali verifikatsiya bilan tizimga kiritiladi.

 

6. Talaba anketasi takomillashtirildi

Yangi talaba qo‘shishda anketadagi “Farmoyish/Buyruq” maydonida hech qanday hujjat tanlanmaydi.

Ushbu maydonda hujjatlar faqat buyruqlar rasmiylashtirilgandan so‘ng ko‘rinadi.

 

7. Talaba qo‘shish parametrlari

Quyidagi farmoyish va buyruqlarda talabalarni qo‘shish parametrlari takomillashtirildi:

 

  • darslarga ruxsat berish turidagi barcha farmoyishlar;
  • o‘qishni bekor qilish farmoyishi;
  • o‘qishga qabul qilish buyrug‘i;
  • akademik mobillikka qabul qilish buyrug‘i.

 

Avvalroq, talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ma’lumotlarini HEMIS’ga kiritish boshlangani haqida xabar berilgandi.