Qozog‘iston prezidenti 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklash tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

Qozog‘iston prezidenti 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklash tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqlashga oid qonun loyihasini ustuvor tartibda ko‘rib chiqishga chaqirdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qurultoy deputatlari 16 yoshdan kichik bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ustuvor tartibda ko‘rib chiqishlari kerakligini ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu haqda TASS xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Toqayev avvalroq Qozog‘iston hukumati shunday tashabbus bilan chiqqanini eslatdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

‘‘Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlayman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Menimcha, bu masala ustuvor tartibda ko‘rib chiqilishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Biz o‘sib kelayotgan avlod uchun qulay va, eng muhimi, xavfsiz muhit yaratishimiz shart’’, — dedi Toqayev Qurultoyning birinchi sessiyasi ochilishida.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi qabul qilinayotganida uni amalda qo‘llashning barcha mexanizmlarini puxta ishlab chiqish zarur.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Xususan, 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash qanday amalga oshirilishi aniq belgilanishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti mamlakatda onlayn-platformalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Zelandiyada ham 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi parlamentga kiritilgani haqida xabar bergan edik. ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tashabbusga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq platformalaridan foydalanuvchilarning yoshini tekshirish talab etilishi, belgilangan talablarni bajarmagan platformalarga esa global daromadining 10 foizigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠