Jizzaxdagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi

Jizzaxdagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi

Jizzax viloyati Gʻallarol tumanidagi 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Gʻallarol tumanidagi 42-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, bugun, 17-iyul soat 08:24 da Jizzax viloyati FVBga, Gʻallaorol tumani, “Samarqand” MFYda joylashgan maktabning tom qismi yonayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

 

Shundan soʻng, qutqaruv boʻlinmalari yongʻin joyiga tezkorlik bilan yetib borib, yongʻinni qisqa vaqt ichida oʻchirishgan. Yongʻindan maktabning 450 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

 

Shuningdek, yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻqligi maʼlum qilindi.

 

“Hozirda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda” — deyiladi xabarda.