Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan birinchi kurs talabalaridan ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi talab qilinadi.
1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5×4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa)
Eslatib o‘tamiz bu hujjatlar Qabul komissiyasi 2022-yilda tasdiqlagan variant. Joriy yil ro’yxatda o’zgarish bo’lishi mumkin.