1-oktabrdan boshlab o‘qituvchilarning oyligi oshiriladi – Prezident Farmoni

2024-yil 1-oktabrdan boshlab budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi. 

 

Shuningdek, 2024-yil 1-sentabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirish belgilandi. Bunda:

 

–  pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;

 

–  yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;

 

–  nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib;

 

–  fuqarolarga to‘lanadigan boshqa pensiyalar va nafaqalar miqdorlari ilovaga muvofiq belgilanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры