Pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirildi

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 10 foizga oshirildi

 

Prezident “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi farmonga imzo chekdi.

 

2024-yil 1-sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirildi.

 

Bunda:

 

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;

 

yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;

 

nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilandi.

 

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab:

 

byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshirildi;

 

byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshirildi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan xodimlar bundan mustasno;

 

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;

 

bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilandi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры