“Garvardda o‘qishni orzu qilaman” — SAT’dan 1260 ball olgan 9-sinf bitiruvchisi bilan suhbat

“Garvardda o‘qishni orzu qilaman” — SAT’dan 1260 ball olgan 9-sinf bitiruvchisi bilan suhbat

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi xususiy maktabning 9-sinf bitiruvchisi Mumtozaxon Abdulatifova xalqaro SAT imtihonidan 1260 ball to‘pladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi xususiy maktablardan birida tahsil olayotgan 9-sinf bitiruvchisi Mumtoza Abdulatifova SAT 1260 ballik sertifikatga ega bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Talimxabarlari.uz sayti muxbiri mazkur o‘quvchi bilan sertifikatga tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“SAT topshirish g‘oyasi 8-sinfdan boshlab asosiy maqsadimga aylandi”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mumtozaning ingliz tiliga qiziqishi ancha erta boshlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U ingliz tilini chuqurroq o‘rganishni 6-sinfdan boshlagan bo‘lsa, SAT imtihoni haqidagi jiddiy rejalari 8-sinfda shakllangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘quvchining aytishicha, SAT’ning matematika bo‘limiga tayyorgarlikni 7-sinfdan boshlab, ingliz tili bo‘limi ustida esa 4 oy davomida tayyorlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ko‘pchilik o‘quvchilar uchun maktab, uy vazifalari va qo‘shimcha tayyorgarlikni bir vaqtning o‘zida olib borish oson emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq u bu jarayonda o‘ziga mos vaqt taqsimotini ishlab chiqqan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘ylashimcha, men o‘zim uchun eng yaxshi “time management” tuzganman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Har kuni vazifalarimni maktabda tanaffus paytida bajarib qo‘yardim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uyga qaytgach esa faqat SAT bilan shug‘ullanardim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ayrim holatlarda uy vazifalari tufayli imtihongacha yarim tungacha tayyorgarlik ko‘rishga to‘g‘ri kelardi, — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Eng katta qiyinchilik — Reading emas, motivatsiyani saqlash bo‘ldi”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mumtoza tayyorgarlik davomida turli manbalardan unumli foydalangan bo‘lib, ustozlari tayyorlab bergan qo‘shimcha materiallar, OnePrep platformasidagi mashg‘ulotlar va BlueBook dasturidagi sinov imtihonlari uning kundalik tayyorgarligining ajralmas qismiga aylangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

SAT imtihonining ingliz tili bo‘limi, xususan reading topshiriqlari, Mumtozaxon uchun biroz murakkab kechgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq uning fikricha, eng katta sinov savollarning qiyinligida emas, balki uzoq davom etadigan tayyorgarlik jarayonida motivatsiyani yo‘qotmaslik va vaqtni to‘g‘ri boshqarishda bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eng katta qiyinchilik — vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va motivatsiyani doimiy saqlab turish bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ba’zida past natijali practice test’lardan keyin kayfiyatim tushgan paytlar ham bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu menga sabr, mas’uliyat va o‘z ustimda ishlash muhimligini o‘rgatdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Motivatsiyam pasaygan paytlarda asosiy maqsadimni eslashga harakat qildim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Katta natijalarga birdan erishib bo‘lmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Kichik-kichik maqsadlar qo‘yib, ularni bajarishga e’tibor berdim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, testlardagi xatolarimni tahlil qilib, ularni rivojlanish imkoniyati sifatida ko‘rishga harakat qildim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Dam olish va kun tartibini muvozanatda ushlash ham menga motivatsiyani tiklashda yordam berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Imtihon kuni hayajondan ko‘ra ishonch ko‘proq edi”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ko‘pchilik o‘quvchilar uchun imtihon kuni eng hayajonli lahzalardan biri hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ammo Mumtoza bu jarayonni ancha xotirjam qarshi olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

To‘g‘risini aytganda, menda hech qanday xavotir bo‘lmadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Imtihon boshlanishi bilan doimgidek, Grammar qismiga o‘tib ketdim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Dastlab nisbatan osonroq savollarni bajarish o‘zimga ishonchni orttirdi deb o‘ylayman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Natijalar e’lon qilinishini kutish davrida esa boshqa darslari va kundalik mashg‘ulotlari bilan band bo‘lib, natijalar sanasiga haddan tashqari e’tibor qaratmaslikka harakat qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Natijani ko‘rganimda barcha mehnatlarim ko‘z oldimdan o‘tdi”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

SAT natijalari e’lon qilingan kun Mumtoza uchun uzoq kutilgan lahza bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘sha paytda u maktabda edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

SAT natijam chiqadigan payt men maktabda edim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uzoq vaqt davomida qilgan mehnatim va tayyorgarlik jarayonidagi barcha qiyinchiliklar ko‘z oldimdan o‘tdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Javobini ko‘rganimda dastlab juda xursand bo‘ldim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hamma – sinfdoshlarim, yaqinlarim – tabriklashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Keyin esa qandaydir yengillik hissi paydo bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Natija meni ortiqcha hayratda qoldirmadi, lekin qilgan mehnatim bekorga ketmaganidan xursand bo‘ldim, — eslaydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Sertifikat sohibasi SAT bo‘yicha o‘zini hali katta tajriba egasi deb hisoblamaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shunga qaramay, u ushbu yo‘lni endi boshlayotgan o‘quvchilarga muhim tavsiyalar berishga tayyor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

SAT o‘rganishni ertaroq boshlashni maslahat bergan bo‘lardim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ko‘pchilik faqat natijaga e’tibor beradi, lekin aslida jarayonning o‘zi juda muhim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yana bir muhim jihat — xatolardan qo‘rqmaslik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Menimcha, eng katta rivojlanish aynan xatolar ustida ishlash orqali bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Harvardda o‘qishni orzu qilaman”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

1260 ball Mumtozaxon uchun katta maqsadlar sari tashlangan navbatdagi qadamdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U avvalo, SAT natijasini yanada yaxshilamoqchi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘z imkoniyatlariga ishongan holda, bundan ham yuqori natijaga erishishi mumkinligini ta’kidladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kelajakdagi eng katta orzularidan biri esa AQShning nufuzli universitetlaridan biri — Harvard University’da tahsil olish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U bu universitetni nafaqat ta’lim sifati, balki shaxsiy rivojlanish uchun yaratadigan keng imkoniyatlari sabab tanlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yozgi ta’tilni ham bekor o‘tkazishni istamagan Mumtoza navbatdagi maqsad sifatida IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishni ham rejalashtirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Chunki uning nazarida muvaffaqiyatga erishgan inson hech qachon o‘rganishdan to‘xtamasligi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mumtozaxonni o‘qishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, SAT’dan 1470 ballik sertifikatni qo‘lga kiritgan farg‘onalik 9-sinf bitiruvchisi Abdurahmon Qodirov bilan suhbatlashgan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠