Qabulga 4 kun qoldi. OTMlarga onlayn hujjat topshirish tartibi qanday? (video-yo‘riqnoma)

Qabulga 4 kun qoldi. OTMlarga onlayn hujjat topshirish tartibi qanday? (video-yo‘riqnoma)

2026-yil uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn hujjat topshirish boshlanishiga 4 kun qoldi. Shu munosabati bilan onlayn ariza yuborish bo‘yicha videoqo‘llanma taqdim etildi.

 

Bugun Bilimni baholash agentligi tomonidan “Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma” e’lon qilindi.

 

Mazkur videoqo‘llanmada:

 

  • onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi;
  • hujjatlarni onlayn to‘g‘ri rasmiylashtirish;
  • tizimdan foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar batafsil tushuntirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

 

Birinchi bosqich:

 

Abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;

 

Ya’ni birinchi bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi xolos. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot universitetiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

 

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

 

Ikkinchi bosqich:

 

Abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

 

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

 

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

 

Abituriyentlar bilishi kerak bo‘lgan muhim ma’lumotlar bu yerda