Farg‘onadagi bog‘chada bolalar uchun ajratilgan go‘sht yashirilgani aytilmoqda

Farg‘onadagi bog‘chada bolalar uchun ajratilgan go‘sht yashirilgani aytilmoqda

Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi bogʻchada “ortiqcha” goʻsht yashirilgani aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilayotganini maʼlum qildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani Loyson mahallasidagi 46-sonli bogʻchadan “ortiqcha” goʻsht topilgani aytilmoqda” mazmunidagi videolavha tarqaldi.

 

Ushbu lavhada tashkilot oʻtinxonasida goʻsht yashirilgani, ushbu goʻsht muassasa hamshirasining topshirigʻiga asosan bekitilgani, tortib koʻrilganda mahsulotning ogʻirligi 4 kilogrammdan ortiq ekani hamda mazkur mahsulot tarbiyalanuvchilar taomiga solinmay, talon-toroj qilinayotgani tanqid ostiga olingan.

 

Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

 

Unga koʻra, mazkur vaziyat yuzasidan boshqarma tegishli tartibda oʻrganish ishlari olib bormoqda.

 

“Oʻrganish ishlari yakunlangach, qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi” — deyiladi xabarda.

 

Avvalroq, 2026-yil yanvar–fevral oylarida 1 838 ta yangi bog‘cha tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.