Maktab maslahatchisi lavozimi bo‘yicha tanlovning ikkinchi mavsumida respublika bo‘ylab 42 ming 934 ta ariza qabul qilindi. Ulardan 38 ming 299 nafar talabgor test bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. Test sinovlari 18–22-may kunlari mamlakatning 14 ta hududida tashkil etiladi.
Maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlovning ikkinchi mavsumi yakunlariga koʻra, tanlov.uzedu.uz platformasi orqali respublikamizdagi jami 7 ming 641 ta umumtaʼlim maktabi uchun 42 ming 934 ta ariza kelib tushgan. Bu haqda respublika “Kelajak” markazi xabar berdi.
Shulardan malaka talablariga mos kelgan 38 ming 299 nafar talabgor test bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
Tanlovning birinchi bosqichi — test sinovlari respublikamizning 14 ta hududida 18-19-21-22-may kunlari oʻtkaziladi.
Hududlar kesimida test sinovlari boʻlib oʻtadigan sana, vaqt, ishtirokchilar va manzillar bilan quyida tanishishingiz mumkin:
– Qoraqalpogʻiston Respublikasi;

