Imom Termiziy nomidagi islom instituti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur ta’lim dargohi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilda Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Termiz shahrida 2020-2021 o‘quv yilidan o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi tashkil etilgan bo‘lib, 2023-2024 o‘quv yilida ilk bitiruvchilar mazkur ta’lim muassasasini tamomladi.
Ta’lim muassasasida o‘qish muddati 4 yil bo‘lib, bakalavr darajasidagi oliy diniy ma’lumotli hadis ilmlari, diniy fanlar va arab tili bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Imom Termiziy nomidagi islom institutiga 2024-2025 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 14-avgustdan 20-avgustga (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qadar davom etadi.
Abituriyentlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
– ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
– o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi asl nusxada;
– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi).
Abituriyentlar quyidagi fanlar bo‘yicha qabul imtihonlarini topshiradilar:
Arab tili (test sinovi) 30 x 3,1 – 93 ball
Hadis va Mustalahul hadis (ijodiy imtihon) – 63 ball
O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 x 1,1 – 33 ball
Arab tili bo‘yicha V2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.
Ma’lumot o‘rnida, ta’lim muassasasiga hujjat topshirish uchun abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Qabulga oid ma’lumotlarni O’zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy sahifalarida bilib olish mumkin.