“RayONO”ga boshliqlik uchun $55 000, o‘qituvchilikka $1000: ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi - Ta’lim xabarlari
“RayONO”ga boshliqlik uchun $55 000, o‘qituvchilikka $1000: ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi

Ko‘kdala tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori X.I. 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Sud hujjatlari bilan tanishgan Kun.uz nashrining xabar berishicha, u firibgarlik va pora berishda ayblangan.

 

2022 yil 2 iyun kunidan Ko‘kdala tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori lavozimida ishlab kelgan 42 yoshli X.I. o‘zganing pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.

 

U 2024 yil 11 fevral kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sayyor” kafesida direktor o‘rinbosaridan “RayONO” mudirligi uchun kelishilgan 55 ming dollardan 30 ming dollarini qo‘lga kiritgan vaqtida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

 

Sud hukmi bilan X.I. Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 1 yil muddatga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 6 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры