2026/2027-oʻquv yili uchun hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holatda Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan kamida umumiy o‘rta ma’lumotga (11-sinf) ega bo‘lganlarni kasb va mutaxassisliklarga o‘qitish uchun qabul parametrlari belgilandi.
Agentlik xabariga ko‘ra, 587 ta texnikumga 276 ta kasb bo‘yicha jami 122 860 ta qabul kvotasi tasdiqlangan:
– kunduzgi ta’lim shaklida — 78 880 ta;
– kechki ta’lim shaklida — 4 380 ta;
– dual ta’lim shaklida — 39 140 ta.
Umumiy kvotaning 460 tasi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlariga o‘quvchilarni davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish uchun ajratilgan:
– kunduzgi ta’lim shaklida — 420 ta;
– dual ta’lim shaklida — 40 ta.
Qabul parametrlarida kvotalarning 44,4 foizi davlat granti va 55,6 foizi to‘lov shartnoma asosida shakllantirilgan.
Ro‘yxatlar – Fayllarni yuklash
Avvalroq, 2026/2027-oʻquv yili uchun texnikumlarga (umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari negizida) kunduzgi va dual taʻlim shaklidagi qabul parametrlari tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.
