2025–2026-o‘quv yilida o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari sanalari ma’lum qilindi

2025–2026-o‘quv yilida o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari sanalari ma’lum qilindi

2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2026-yil 26-maydan 15-iyungacha o‘tkaziladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 16-martdagi 102-son buyrug‘ida ma’lum qilingan.

 

9-sinflar uchun fanlar:

 

  • Ona tili va adabiyot / Davlat tili — Yozma shaklda;
  • Matematika — Yozma shaklda;
  • O‘zbekiston tarixi — Yozma/og‘zaki shaklda
  • Jismoniy tarbiya — Amaliy shaklda

 

11-sinflar uchun fanlar:

 

Majburiy fanlar:

 

  • Ona tili va adabiyot / Davlat tili — Yozma shaklda;
  • Matematika (asosiy yoki chuqurlashtirilgan) — Yozma shaklda;
  • Tarix — Yozma shaklda;

 

Tanlov fanlar (2 ta tanlanadi):

 

  • Ona tili va adabiyoti — Yozma shaklda;
  • Biologiya — Yozma shaklda;
  • Fizika — Yozma shaklda;
  • Kimyo — Yozma shaklda;
  • Huquq — Yozma shaklda;
  • Geografiya — Yozma shaklda;
  • Chet tili — Yozma/og‘zaki shaklda.

 

Qoraqalpoqiston Respublikasidagi umumta’lim maktablari uchun davlat tili imtihonini qoraqalpoq tilida topshirish tavsiya etiladi.

 

11-sinf bitiruvchilari 3 ta majburiy va 2 ta (Matematika (Chuqurlashtirilgan) variantini tanlagan o‘quvchilar uchun 1 ta) tanlov fanlardan imtihon topshirishlari kerak bo‘ladi.

 

Matematika fanidan 11-sinf bitiruvchilari berilgan 2 ta variantdan birini tanlashlari mumkin:

 

— Matematika (Asosiy): Umumta’lim dasturidagi asosiy bilim va ko‘nikmalar baholanadi.

 

— Matematika (Chuqurlashtirilgan): Umumta’lim chuqurlashtirilgan dasturidagi bilim va ko‘nikmalar baholanadi.

 

11-sinfda o‘quvchining ixtiyoriga ko‘ra tanlov fanlar yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishidan bir oy oldin uning arizasiga ko‘ra tanlanadi.

 

2025–2026-o‘quv yilida o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari sanalari ma’lum qilindi

 

Qaraqalpaq tilinde:

 

9 hám 11-klass pitkeriwshiler ushın imtixanlar 2026-jıl 26-maydan 15-iyunge shekem ótkeriledi.

 

9- klass ushın:

 

  • Ana tili hám ádebiyat / Mámlékettik til
  • Matematika
  • Ózbekstan tariyxı
  • Dene tárbiyası

 

11- klass ushın:

 

  • Májburiy pánler:
  • Ana tili hám ádebiyat / Mámlékettik til
  •  Matematika (tiykarǵı yamasa tereńlestirilgen)
  • Tariyx

 

Tańlaw pánleri:

 

  • Ana tili hám ádebiyat
  • Biologiya
  • Fizika
  • Ximiya
  • Huqıq tiykarları
  • Geografiya
  • Shet tili

 

11-klass pitkeriwshiler 3 májburiy hám 2 saylaw páninen imtixan tapsıradı.