“Turon” teatr tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazilish sanasi va manzili belgilandi

“Turon” teatr tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazilish sanasi va manzili belgilandi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan  “Turon” teatr tanlovining Respublika bosqichi 25-26-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi xabar berdi.

 

“Teatr – ibratxonadir” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Turon” teatr tanlovi yosh iste’dodlarning sahnadagi mahoratini namoyon etish, ularda ijodkorlik, vatanparvarlik va badiiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

 

Hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan eng sara jamoalar endi respublika bosqichida o‘z iste’dodi, sahna madaniyati va ijodiy yondashuvi bilan bellashadi.

 

Tanlovda o‘quvchilar o‘zlari tahsil olayotgan maktab jamoasi tomonidan shakllantirilayotgan jamoa a’zosi sifatida ishtirok etadi. Tanlovga ishtirokchi jamoalar onlayn tarzda https://turonteatri.uz/ havolasi bilan ariza topshirish orqali qabul qilingan.

 

Tanlov umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-10-sinf o‘quvchilaridan (8 nafardan oshmagan) iborat jamoalar о‘rtasida 3 bosqichda tashkil etiladi.

 

Manzil: Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatri

Natija va apellyatsiya

Respublika bosqichida – 3-o‘rin egallagan jamoaning maktab faollar zali uchun interaktiv doska;

 

2-o‘rinni egallagan jamoaning maktab faollar zali uchun interaktiv doska;

 

1-o‘rinni egallagan jamoa xorijiy mamlakatga tajriba orttirish yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi.

 

Shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi:

 

Tanlov natijasi bo‘yicha berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun uch kishidan iborat Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Appellyatsiya komissiyasi tarkibi tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi.

 

Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar tanlov yakunidan so‘ng 15 daqiqa ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi shart.

 

Shikoyatlar taqdim etilgandan so‘ng, Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 1 soat ichida ko‘rib chiqilib, asoslangan tarzda o‘rganish natijasi shikoyatchiga e’lon qilinadi.