Maktablar uchun bahorgi ta’til sanasi e’lon qilindi

Maktablar uchun bahorgi ta’til sanasi e’lon qilindi

Ramazon hayiti 20-mart sanasida nishonlanishi munosabati bilan o‘quvchilarning bahorgi ta’tili 20-martdan boshlanib 28-martga qadar davom etadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Bunda o‘quv yilining 4-choragi 30-mart (dushanba) kunidan boshlanadi.

 

Joriy o‘quv yilining 20-mart (juma) kunidagi va 28-mart (shanba) kunidagi o‘quv mashg‘ulotlari 4-chorakda o‘quv dasturlariga tig‘izlashtirilgan holda o‘qitiladi.

 

Ma’lumot o‘rnida, Prezidentning “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

 

Xabaringiz bor, Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan xodimlar uchun dam olinadigan kunlar ketma-ketligi haqida berilgan edi. Bunda:

 

  • 20-mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;
  • 21-mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;
  • 22-mart (yakshanba) – dam olish kuni;

 

23-mart (dushanba) – 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni.

 

Avvalroq, Uzbekistan Airways Navro‘z va Ramazon Hayiti munosabati bilan ichki qatnovlarga chegirmalar e’lon qilgan edi.