Joriy yilning 23–26-mart kunlari tabiiy fanlar bo‘yicha Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi — Respublika bosqichi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq, mazkur olimpiadaning to‘rtinchi bosqichini o‘tkazilish tartibi haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, olimpiada fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich — yozma ish. Fizika va kimyo fanlaridan 5 tadan, biologiya fanidan esa 7 ta yozma topshiriq beriladi.
2-bosqich — laboratoriya ishi. Barcha fanlar bo‘yicha 1 tadan laboratoriya topshirig‘i bajariladi.
Topshiriqlarni bajarish uchun 180 daqiqa (3 soat) vaqt ajratiladi.
Shu munosabat bilan Fan olimpiadalari markazi tomonidan 2024/2025-o‘quv yilidagi Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan ishtirokchilarga taqdim etilgan yozma ish topshiriqlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:
Fizika — yozma ish topshiriqlari — 2024-2025-o‘quv yili
Kimyo — yozma ish topshiriqlari — 2024-2025-o‘quv yili

















