Musiqiy madaniyat va jismoniy tarbiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Musiqiy madaniyat va jismoniy tarbiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Musiqiy madaniyat va jismoniy tarbiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 25-27-fevral va 3-4-mart kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.

 

Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin.

 

Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.

 

Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:

 

— 1-smena: 09:30– 10:00

— 2-smena: 13:30 – 14:00

 

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.

 

Muhim: Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.